TOShKENT, 6 okt - Sputnik. O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun majburiy bo‘lgan hujjatlarga muhr bosish majburiyati bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. Ushbu taklifni Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston jamoatchilik muhokamasiga kiritgan.
Hujjatlarni rasmiylashtirish yoki taqdim etishda javobgar shaxsning muhri talab etilmaydi, uning imzosi bo‘lsa yetarli.
Loyiha doirasida qaror va nizomlardan rasmiy hujjatda muhr bo‘lishi shartligi haqidagi talabnomani olib tashlash rejalashtirilgan.
Ushbu qaror loyihasi muhr bosish majburiyatini butunlay bekor qilmaydi. Bu jarayon tadbirkorning o‘z xohish-istagiga bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu o‘zgarish "Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida O‘zbekiston reytingini yanada yaxshilash uchun amalga oshirilmoqda.