Xitoy TIV AQSh vitse-prezidentini tuhmatda aybladi

© AP Photo / Andy WongNatsionalniy flag Kitaya
Natsionalniy flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq AQSh vitse-prezidenti Pens Xitoy mamlakat ichki ishlariga aralashayotgani va buning uchun go‘yoki siyosiy, iqtisodiy va harbiy instrumentlardan foydalanayotgani haqida bayonot bergan edi

TOShKENT, 5 okt – Sputnik. AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning Xitoyning amerika saylovlariga aralashuvi to‘g‘risidagi, asossiz bayonoti, tuhmatga to‘la, Pekin bunga nisbatan keskin e’tiroz bildiradi, deb bayonot berdi Xitoy TIV vakili Xua Chunin.

"Pensning tegishli nutqi Xitoy tashqi va ichki siyosatiga doir tuhmatlarga to‘lgan, Xitoyning AQSh sayloviga aralashuvi haqidagi bayonoti to‘liq tuhmat, ular uyushtirilgan va barchani chalg‘itadi, Xitoy ushbu munosabat bilan keskin norozilik bildiradi", - diplomatning nutqidan iqtibos Xitoy TIV saytida keltirilgan.

Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQSh bilan savdo muzokaralarini bekor qildi - OAV

"Xitoy hamisha boshqa davlatlar ichki siyosatiga aralashmaslik tamoyiliga amal qilib kelgan, AQSh saylovlariga aralashishga hatto qiziqish yo‘q bizda", - deb qayd etgan Xua Chunin. Amaldor ayolning so‘zlariga ko‘ra, "xalqa hamjamiyat kim boshqa davlatlarning ichki ishlariga tap tortmasdan aralashayotgani va boshqa davlatlar manfaatlariga ziyon yetkazayotganini aniq ko‘rib bo‘ldi".

Diplomat, Xitoyning AQShga nisbatan siyosati aniq va o‘zgarmasligini qayd etdi.

"Biz o‘zaro hurmatga asoslangan, konfrontatsiyadan yiroq, o‘zaro manfaatli hamkorlikka yetishish uchun birgalikda harakat qilish tarafdorimiz", - deb aytgan diplomat va Vashingtonni "o‘z xatosini to‘g‘irlashga, XXR nomiga ayblovlar yog‘dirishni to‘xtatishga, ikkiyoqlama munosabatlarga putur yetkazini bas qilishga chaqirgan".

Ilgariroq AQSh vitse-prezidenti Pens Xitoy mamlakat ichki ishlariga aralashayotgani va buning uchun go‘yoki siyosiy, iqtisodiy va harbiy instrumentlardan foydalanayotgani haqida bayonot bergan edi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham sal oldin shunga o‘xshash bayonot bilan chaqqan va Xitoy Qo‘shma Shtatlardagi saylovlarga aralashishga harakat qilayotganini aytgan edi.

Yangiliklar lentasi
0