TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 3-oktabr kuni elektr energetikasi sohasidagi vaziyatni tahlil qilish hamda sohani yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda elektr energetikasi sohasini rivaojlantirish naqadar muhim ekani qayd etilib, ushbu sohada O‘zbekistonda bugungi kundagi vaziyat talabga javob bermayotganligi ta’kidlandi.
Xususan, respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 86 % IESlarda, qayta tiklanmaydigan resurslar tabiiy gaz va yonilg‘i yordamida ishlab chiqarilayotganligi qayd etildi. Ustiga ustak ushbu IESlarning aksariyati (84%), 50-yil oldin ishga tushirilgan bo‘lib, bugungi kunda ularning samaradorligi juda past ekanligi qayd etildi.
Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishi natijasida O‘zbekistonda 2030 yilga borib elektr energiyasiga bo‘lgan talab yana 50%ga oshishi kutilmoqda. Elektr energiyasiga tobora ortib borayotgan talabni qondirish uchun sohada yangi elektr ishlab chiqaruvchi obyektlar qurish kerakligi ta’kidlandi.
Xususan Atom elektr stansiyalari qurish ana shunday rivojlanish yo‘llarning biri sifatida ko‘rib chiqildi.
“Atom elektr stansiyasining ishga tushirilishi yoqilg‘i sarfini qisqartirish bo‘yicha revolyutsion yechimlardan biri bo‘ladi, biroq buning uchun hali 8-10 yil kerak”, - dedi prezident.
Ikkinchi yo‘nalish sifatida - elektr energiyasi ishlab chiqarish yangi xususiy va davlat bilan sherikchiligida obyektlar qurishni jadallashtirish kerakligi ta’kidlandi.
Oddiy misol, Turkiyada 60 foiz, Koreyada 20 foiz elektr energiyasi xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi. O‘zbekistonda esa hanuzgacha xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini energotizimga qabul qilish masalasi hal etilmagan.
Ushbu maqsadda kelgusi yildan elektr energiyasi sotishdan tushadigan mablag‘larning 15 foizini investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va kreditlarni qaytarish uchun yo‘naltirish lozimligi ta’kidlandi.
Majlisning batafsil bayonoti bilan quyida tanishish mumkin.