Elektr stansiyalar va tarmoqlar ahvoli haqida axborot berildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishElektricheskaya podstansiya
Elektricheskaya podstansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bugungi kunda ishlab chiqaruvchi stansiyalarimizni 84 foizi 50-yildan ko‘p ishlayapti", - dedi "O‘zbekenergo" vakili.

TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Xalqaro press-klub sessiyasida “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Ro‘ziqul Raimov elektr stansiyalar va magistral tarmoqlar ahvoli haqida axborot berdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Sharof Ubaydullayev - Sputnik O‘zbekiston
Sharof Ubaydullayev O‘zbekenergo rahbariga: o‘g‘rilarni tugating, ularga bosh bo‘lmang!

Elektr stansiyalar

“Elektrlashtirish 50-70 yillarda rivojlangan va qurilgan. Bugungi kunda ishlab chiqaruvchi stansiyalarimizni 84 foizi 50-yildan ko‘p ishlayapti. Buning o‘z muammosi bor. Ba’zi bir zavodlar ishlab chiqarishdan to‘xtatilgan, ehtiyot qism chiqarapti, ba’zi bir zavodlar umuman faoliyatini boshqa turlarga ko‘chirgan”, - deb ta’kidladi Raimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu stansiyalarni bosqichma-bosqich ta’mirlash zarur.

Sirdaryoda elektr stansiya 2 ta bloki ta’minlanganligi, u yerda Rossiya hamkorlari bilan qo‘shimcha 100 mVt/s olishga erishilganligi hamda Toshkent stansiyasida Yaponiya korxonalari bilan 370 mVt/s blok ishga tushiilganligini ta’kidlab o‘tildi.

Navoiyda eng zamonaviy texnologiyalar bo‘lgan ustanovkalar ishga tushirildi.

Energosberegayushie lampochki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qancha energiya ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

“Elektr tarmoqlarimiz qo‘shni respublikalaridan o‘tgan. Ularni ekspluatatsiya qilish har qanday sharoitimiz yaxshi bo‘lgani bilan bir muncha muammolarga duch kelinadi. Postdan-postga o‘tishda bir qancha hujjatlar to‘ldiriladi”, - deb ta’kidladi Raimov.  

“O‘zbekenergo” vakili aytishicha, o‘sha yerda ikkita 250 mVt ustanovka qurilishi boshlanib, 2019-2020 yil ishga tushirish masalasi rejalashtirilgan. “Taxiatash” stansiyasi bilan Navoiy viloyatini bog‘lash uchun 350 km yuqori kuchlanishli havo tarmog‘ini qurilishi rejalashtirilgan.

Magistral tarmoqlar

“Surxondaryo, Farg‘onada elektr stansiya yo‘q. Biz Sirdaryo, Angren, Toshkentda chiqayotgan elektr energiyani shu katta dovonlar dengiz sathidan 3 ming metr balandlikdagi tog‘lar orqali elektr liniyalar tortib, energiya yetkazib berapmiz”, - dedi “O‘zbekenergo” vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tarmoqlar - 8700 km bo‘lsa, ulardan 2400 km ta’mirlash, rekonstruksiya ishlarini bajarish zarur.

Respublikadagi 76 ta podstansiyalardan 34 tasi ta’mirlash rejasiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0