Tadbirkorlar huquqlarini cheklanishini oldini olish choralari ko‘rilganmi - rais javobi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMurodjon Azimov - Predsedatel GTK
Murodjon Azimov - Predsedatel GTK  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi savdo-operatsiyalarini monitoringini yuritish davrida tadbirkorlar huquqlarini cheklanishini oldini olish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilganligi haqida bojxona qo‘mitasi raisiga savol berildi.

TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Oliy majlis Senatining 16-chi yalpi majlisida bojxona qo‘mitasi raisi Murodjon Azimov tashqi savdo-operatsiyalarini monitoringini yuritishning asosiy maqsadlari haqida axborot berdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.  

Granitsa  - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona “tashmachilar”ga nisbatan ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi

Majlisda senatorlardan biri tashqi savdo-operatsiyalarini monitoringini yuritish bo‘yicha qanday mezonlar ishlab chiqilganligi, monitoring davrida tadbirkorlarning huquqlarini cheklanishini oldini olish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilganligi haqida bojxona qo‘mitasi rahbariga savol berdi.  

Bu savolga Murodjon Azimov quyidagicha javob berdi:

“Hammamizning maqsadimiz tadbirkorlarni himoya qilish, davlat bojxona xizmati organlari tashqi savdo operatsiyalarini monitoringi amalga oshirishda eksport-import kontraktlarini ijro etish jarayonini kuzatib boradi va tahlil qiladi”, - dedi qo‘mita raisi.  

Qo‘mita raisi so‘zlariga ko‘ra, monitoring elektron tizimlar orqali amalga oshiriladi. Tadbirkorlar yoki TIF qatnashchilaridan hech qandan hujjat ham, ma’lumot ham talab qilinmaydi.

Monitoring o‘tkazishdan asosiy maqsad - kontrakt ma’lumotlarini bojxona yuk deklaratsiyasidagi ma’lumotlariga va amaldagi qonunchilikka muvofiqligi solishtirib boriladi, deb ta’kidladi Azimov.

Muratjon Azimov - Predsedatel GTK - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga qanday qulayliklar joriy etildi – bojxona qo‘mitasi raisi javobi

Uning so‘zlariga ko‘ra, import kontraktlarida bojxona to‘lovlarini yashirish holatlariga barham berish yoki davlat korxonalari tomonidan olib kirilgan import mahsulotlarining narxini sun’iy ravishda oshirilishini oldini olish. Eksportda esa muddati o‘tgan debitorlik qarzdorlik yashirish holatlari va eksport ketadigan mahsulotlarni tannarxini sur’iy ravishda kamaytirishni oldini olish uchun xizmat qiladi.

“Yana bir muhim masalani aytib o‘tish kerakki, hozirgi kunda shaxsan prezidentimiz tomonidan respublikada tadbirkorlik muhitini qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 27 trillion so‘mga yaqin imtiyoz berildi. Bu juda katta summa hisoblanadi. Albatta mana shu berilayotgan imtiyozni tadbirkorlarimiz tomonidan qay darajada to‘g‘ri va maqsadli ishlatilayotganligi ham bojxona nazorati davomida monitoring qilib boradi. Bu ish jarayonida biz tadbirkorlarimiz moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmaymiz”, - deb qo‘shimcha qildi bojxona qo‘mitasi rahbari.   

Yangiliklar lentasi
0