Bojxona “tashmachilar”ga nisbatan ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovGranitsa
Granitsa  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bojxona qo‘mitasi “G‘ishtko‘prik” postida jismoniy shaxslar oqimining keskin o‘sishi, yollangan “tashmachilar”ga nisbatan olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida jismoniy shaxslar oqimining keskin o‘sishi sabablari haqida ma’lumot berdi.

Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona qo‘mitasi Toshkent aeroportida tasvirga olingan videolavha bo‘yicha munosabat bildirdi

Prezidentning 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslar ayrim turdagi tovarlarni istisno qilgan holda, Davlat chegarasidagi avtomobil yo‘li o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 300 AQSh dollari miqdoridagi tovarlarni boj to‘lovlarini to‘lamasdan olib kirishlari mumkinligi belgilab qo‘yildi.

DBQ ma’lum qilishicha, ayrim fuqarolar, “tadbirkorlar” bojxona to‘lovlaridan qochib, berilgan imtiyozdan tijorat maqsadida foydalanishga urinish holatlari ortib bordi.

“Ayrim fuqarolar tovarlarni tashib berishni o‘ziga kasb qilib, bir kunda 7-8 martagacha chegarani kesib o‘tishgacha borishdi.  Bu respublikamiz ichki bozoriga sifati kafolatlanmagan tovarlar kirib kelishi ortidan, nafaqat mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlari, balki yurtdoshlarimiz salomatligini ham ma’lum bir darajada xavf ostiga qo‘ya boshladi”, - deyilgan bojxona qo‘mitasi xabarida.

Shu sababli, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdoriy normalari tasdiqlandi.

Qaror qabul qilingach, tovarlar olib o‘tish hajmi keskin kamaydi. Shu boisdan “tadbirkor”lar tovar olib o‘tish maqsadida boshqa fuqarolarni jalb etish, soddaroq aytganda ma’lum bir haq evaziga ularni yollash yo‘liga o‘tishdi.

Muratjon Azimov - Predsedatel GTK - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga qanday qulayliklar joriy etildi – bojxona qo‘mitasi raisi javobi

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bir kunda “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postini kesib o‘tayotgan shaxslarning soni qariyb 40 000 nafarga yetdi va ularning aksariyatini ana shu yollangan “tashmachilar” tashkil etmoqda hamda bojxona organlari tomonidan ana shunday shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Bunday vaziyatda, “G‘ishtko‘prik”  postida keksalar, ayollar, imkoniyati cheklangan shaxslar, yosh bolali ota-onalar, homilador ayollar hamda ortiqcha tovarlari bo‘lmagan jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida ular uchun alohida o‘tish yo‘lagi joriy qilindi. 

Shuni ta’kidlash joizki, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikning tobora rivojlanayotganligi, viza va chegara bo‘yicha kelishuvga erishilgani, aholi uchun chegaradan o‘tish soddalashtirilgani, respublikaning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishi natijasida tovar aylanmasi hajmi ham keskin ortib bormoqda.

Shuningdek, qo‘shni davlat fuqarolarining O‘zbekiston hududi orqali tranzit harakatlanishi ham bojxona postlarida tirbandliklarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Punkt tamojennogo oformleniya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mutlaqo yangicha bojxona nazorati tizimi joriy etiladi

Shu sababli, “G‘ishtko‘prik” chegara o‘tkazish punktining o‘tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va tirbandliklarning oldini olish maqsadida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yil dekabr oyida bu o‘tkazish punktida qo‘shimcha bino va inshootlarning foydalanishiga topshirilishi natijasida fuqarolarni o‘tkazish qobiliyati 2 barobarga ortishi kutilmoqda.

Jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibda ko‘zdan kechirmaslik sifati kafolatlanmagan hamda kontrabanda tovarlarini kirib kelishiga sharoit yaratib, respublikaning iqtisodiy xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu bois, mamlakat iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, xususan yashirin importning ta’siridan himoyalash maqsadida ayni paytda chegara-bojxona postlaridagi noqulay vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha bojxona qo‘mitasi tomonidan tegishli ishlar olib borilayotgani ma’lum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0