TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Fransiyalik mashhur xonanda, shanson qo‘shiqlar ijrochisi, Sharl Aznavur 95 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, mashhur xonanda Fransiya janubida joylashgan o‘z uyida vafot etgan.
Sharl Aznavur, asl ismi Shaxnúr Vaxinák Aznavurán, 1924-yilda Parijda armanistonlik immigrantlar oilasida tug‘ilgan. Hayoti davomida Aznavur 1300 dan ortiq qo‘shiqlar yaratgan, 60 dan ortiq kinofilmlarda suratga tushgan. Uning qo‘shiqlari yozilgan disklar 200 mln donadan ortiq sotilgan. Time va CNN nashrlari o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra Sharl Aznavur 20-asrning eng yaxshi estrada xonandasti deb tan olingan.
Ma’lumot uchun, Sharl Aznavur O‘zbekistonda ham bo‘lgan. U 2005-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan "Xalq Taronalari" musiqiy festivalida mehmon bo‘lgan.
O‘shanda Aznavur "Menining bolalik orzuim ushaldi - men Samarqanddaman. Men Buxoroni ham tomosha qildim. Sizning qadimiy shaharlaringiz, takrorlanmas tabiatingiz va san’atingiz, 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan Sharqning boy madaniyati bugun butun dunyoning et’tiborini tortmoqda", - degan edi.
2009 yildan boshlab Aznavur Armanistonning Shveysariyadagi elchisi hamda BMTdagi doimiy vakili lavozimida ishlab kelgan.