“Sharq taronalari” festivali ilk bor 1997-yilda islom Karimov tashabbusi bilan o‘tkazilgan edi. Festivalning asosiy maqsadi – o‘zbek milliy musiqa san’atini ommaviylashtirish va saqlab qolishdir.
“Sharq taronalari” festivali har ikki yilda bir marotaba Samarqand markazida Registon maydonida bo‘lib o‘tadi.
Festival faoliyati davomida 90dan ortiq mamlakat vakillari unda ishtirok etgan. Tadbirda eng ko‘p avstriyalik, britaniyalik, misrlik, fransiyalik, germaniyalik, hindistonlik, eronlik, rossiyalik va janubiy koreyalik musiqachilar ishtirok etgan. Qo‘shni Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan ham doimiy ravishda musiqachilar kelib turishadi.
Festival haqida batafsil infografikamizni tomosha qiling.