TOShKENT, 29 sen - Sputnik. O‘zbekistonlik kursantlar kelgusida xalqaro zakovat olimpiadasida ishtirok etishi kutilmoqda. Sputnikga Belarus xabariga ko‘ra, bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi rahbari Viktor Goremikin xabar bergan.
Beshinchi marotaba o‘tkazilayotgan olimpiadaning bosqichlari Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Rossiyada o‘tkazilishi kutilmoqda. Zakovat bellashuvi kelayotgan yilda boshlanadi.
"Harbiy tarix bo‘yicha olimpiada Belarusda, matematikadan — Qozog‘istonda, informatika va harbiy-professional tayyorgarlik bo‘yicha Rossiyada, chet tili bo‘yicha - Armanistonda o‘tkaziladi", - deb aytgan Goremikin.
U shuningdek, bir yildan so‘ng olimpiadaga O‘zbekiston ham qo‘shilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Olimpiada to‘rt bosqichda o‘tkaziladi. Avvaliga oliy ta’lim dargohi ichida eng kuchlilar saralab olinadi. So‘ngra oliygohlararo bosqich bo‘lib o‘tadi. Finalga esa eng kuchlilar chiqadi.