Paxta mavsumida majburiy mehnatga jalb qilinganlar vazirlikka murojaat qilishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSborshitsa xlopka
Sborshitsa xlopka  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati paxta mavsumida majburiy mehnatning har qanday shakliga qarshi jiddiy choralar ishlab chiqdi

TOShKENT, 8 sen - Sputnik. Paxta mavsumida majburiy mehnatga jalb qilinganlar vazirlikka murojaat qilishi mumkin, deb ta’kidlandi 8-sentabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.

Urojay xlopchatnika - Sputnik O‘zbekiston
Bu yil 1kg terilgan paxta uchun necha pul to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

Anjumanni olib borgan vazir Sherzod Kudbiyev O‘zbekistonda 2018-yil paxta terimi mavsumida majburiy mehnatning har qanday shakliga qarshi jiddiy choralar ko‘rilishini ta’kidladi, deb xabar qildi Telegrammdagi "O‘qituvchi" kanali.

Qayd etilishicha, buning uchun maxsus tizim ham ishlab chiqilgan. Kimda-kim viloyat, tuman hokimliklari yoki boshqa mas’ullar tomonidan mehnatga majburlansa, u hech bir to‘siqsiz vazirlikka shikoyat qilishi mumkin.

Fuqaro Telegram tarmog‘idagi @mehnathuquqbot orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirlikka murojaat qilishi mumkin. Mazkur botda shikoyatchi o‘zi istasa shaxsini anonim holda saqlab qolish imkoniyatiga ega.

Vazir Kudbiyev o‘tgan yillar davomida O‘zbekistonda majburiy mehnat bo‘lganligi va buni hech kim inkor qilmasligini ta’kidladi. Shuningdek, bu yil paxta mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qat’iy topshiriq berilganini qayd etdi.

Tadbirda Xalqaro mehnat tashkilotining “O‘zbekistonda bolalar va majburiy mehnat bo‘yicha uchinchi tomon monitoringi” loyihasi texnik maslahatchisi Yonas Astrup ham ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0