AQSh prokuraturasi Sayfullo Soipov uchun o‘lim jazosini talab qilmoqda

© AP Photo / Craig RuttleA photo of Sayfullo Saipov is displayed at a news conference at One Police Plaza Wednesday, Nov. 1, 2017, in New York. Saipov is accused of driving a truck on a bike path that killed several and injured others Tuesday near One World Trade Center.
A photo of Sayfullo Saipov is displayed at a news conference at One Police Plaza Wednesday, Nov. 1, 2017, in New York. Saipov is accused of driving a truck on a bike path that killed several and injured others Tuesday near One World Trade Center.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Saipovning aybi isbotlansa, ayblovchi bunday jazoni asosli deb bilishini qayd etgan

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Amerikalik prokurorlar o‘tgan yil oktabr oyida Nyu-Yorkda terakt sodir etganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov uchun o‘lim jazosini talab qilmoqchi, deb xabar qildi RIA Novosti NBC telekanaliga tayangan holda.

Sud nad Sayfullo Saipovim - Sputnik O‘zbekiston
Advokatlar prokurorlardan Soipov uchun o‘lim jazosini so‘ramaslikni iltimos qilishmoqda

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Soipovning aybi isbotlansa, ayblovchi bunday jazoni asosli deb bilishini qayd etgan.

Ilgariroq AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi o‘lim jazosiga mahkum etilishi kerakligi haqida yozgan edi.

Nyu-Yorkda 2017-yil 31-oktabr kuni Manxetten tumanining janubi-g‘arbiy qismida yuk mashinasi velosiped yo‘lakchasiga chiqqan. Haydovchi - O‘zbekistonlik Sayfullo Soipov, o‘z yo‘lida velosipedchilarni bosib bir necha ko‘cha bo‘ylab harakatlangan. Yuk mashinasi, shuningdek, maktab avtobusiga borib urilgan. Shundan so‘ng, haydovchi ko‘chaga peyntbol to‘pponchasi bilan chiqqan, politsiya xodimlari unga qarata o‘q uzishgan va gumonlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.

Sal keyinroq, Soipov, unga rasman ayblov e’lon qilingan Nyu-York federal sudida ishtirok etgan, u o‘z aybiga iqror bo‘lmagan. FBR Soipov ushbu hujumni "Islom davlati" terrorchilik guruhi propagandasini tomosha qilgach sodir etgan, deya axborot bergan.

Yangiliklar lentasi
0