O‘zbekistonda 10-yil ichida majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi - Abduxakimov

© Mejdunarodniy press-klubGlava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov
Glava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda O‘zbekistonda 2019-2029 yillarga mo‘ljallangan sog‘liqni saqlash tiziminini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Konsepsiyaning muhim jihatlaridan biri mamlakatda majburiy sug‘urta tizimini joriy etishni ko‘zda tutadi

TOShKENT, 28 sen - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekistonda 2029-yilga qadar majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy etilishi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 16-yalpi majlisida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov ma’lum qildi.

Rossiya O‘zbekistonda noyob tibbiy loyihani ishga tushiradi

Abduxakimovning aytishicha, O‘zbekiston prezidenti ko‘plab yig‘ilishlarda "Mamlakatda tibbiyot pullimi yoki bepul", degan savol o‘rtaga tashlaydi va aynan ushbu konsetsiya orqali Shavkat Mirziyoyev tomonidan beriladigan savolga javob topishga harakat qilingan.

Keng qamrovli, deya atalayotgan konsepsiyani yaratish uchun 10 nafardan ko‘proq yuqori malakali mutaxassislar jalb etilgan. Ta’kidlanishicha, ular 10ta guruhga bo‘linib, yo‘nalishma-yo‘nalish, moddiy-texnika bazasidan tortib, qonunchilikda bo‘lgan muammolaru, joylarda bevosita amaliyotda bo‘lgan muammolarni-da chuqur o‘rganishgan.

Konsetsiyaga muvofiq O‘zbekistonda yaqin 10-yil oralig‘ida majburiy pulli sug‘urta tizimini joriy etish nazarda tutilgan.

"Eng rivojlangan, eng boy mamlakatlar misolida olib qaraydigan bo‘lsak ham, tibbiyot to‘liq bepul bo‘lishining imkoniyati yo‘q. Albatta, bu sohada biz ko‘proq xususiy-davlat sherikchiligi imkoniyatlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Xorijiy davlatlar misolida olib qaraydigan bo‘lsak, ularda ayrim holatlarda 90% tibbiy yordam xususiy sektor tomonidan ko‘rsatiladi. Bu bizda ham xuddi shunday bo‘ladi degani emas, lekin prezident tomonidan O‘zbekistonga ma’qul keladigan, eng ijobiy tajribalarni o‘rganish bo‘yicha ham topshiriq berilgan", - deb qayd etdi Aziz Abduxakimov.

Yangiliklar lentasi
0