Toshkentda ilk bor MDH davlatlari Mudofaa vazirlari kengashi majlisi o‘tkaziladi

© Ministerstvo oboroni RFVstrecha ministrov oboroni stran SNG
Vstrecha ministrov oboroni stran SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kengash MDHning milliy va jamoaviy manfaatlariga qo‘shilish imkonini beradigan noyob platforma vazifasini o‘taydi

TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Joriy yilning 10-12 oktabr kunlari Toshkentda MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

 Zasedanie Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
MDH sammitida qanday hujjatlar imzolandi

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning 48-majlisi bo‘lib o‘tgan edi.

Ta’kidlash kerak, Mudofaa vazirlari kengashi doirasidagi o‘zaro hamkorlik mintaqada mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashning dolzarb muammolariga javob berishga imkon beradi. Kengash MDHning milliy va jamoaviy manfaatlariga qo‘shilish imkonini beradigan noyob platforma vazifasini o‘taydi.

Yangiliklar lentasi
0