MDH sammitida qanday hujjatlar imzolandi

© Sputnik / Aleksey Drujinin Zasedanie Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe
 Zasedanie Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashildi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi  majlis yakunida  ko‘p tomonlama hujjatlar imzolandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

 Zasedanie Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida nutq so‘zladi

Xabarda aytilishicha, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari muzokaralarni keng doirada davom ettirdi.

Unda turli sohalarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashildi. 

Majlis yakunida MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining 1948-yil 10-dekabrdagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70-yilligi munosabati bilan bayonoti, Kosmosni tadqiq etish va tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risida MDH konvensiyasi, 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasi, 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlar davlatlararo dasturi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, 2021-yilni MDHda arxitektura va shaharsozlik yili deb e’lon qilish haqidagi kelishuv va boshqa hujjatlar imzolandi. 

2019 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga Turkmaniston raislik qiladigan bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0