Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida nutq so‘zladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin Zasedanie Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe
 Zasedanie Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashabbuslari MDH mintaqasida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Koxi somon saroyida 28-sentabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Prezident matbuot xizmati xabariga asosan.

Majlisda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi. 

Unda nutq so‘zlagan prezident Shavkat Mirziyoyev jahonda jadal o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi zarurligini, ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na vo vremya Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe
Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida nutq so‘zladi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev na vo vremya Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe

O‘tgan yil O‘zbekistonning MDHdagi faoliyatida yangi bosqich bo‘ldi. O‘zbekiston Hamdo‘stlikning iqtisodiyot, energetika, fan va innovatsiyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalarni qamrab olgan 10 dan ortiq tarmoq organlariga qo‘shildi. Joriy yil boshidan O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi jadal o‘smoqda.

O‘zbekiston tashabbuslari MDH mintaqasida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZasedanie Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe
Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida nutq so‘zladi - Sputnik O‘zbekiston
Zasedanie Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe

Sammitda Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston 2020-yilda MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisini o‘tkazishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0