O‘zbekistonda savdoni rivojlantirish maqsadida qator cheklovlar bekor qilinadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPogruzka tovara v avtomobil na produktovoy baze
Pogruzka tovara v avtomobil na produktovoy baze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodiyot vazirligi huzurida sanoat bozori va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish tadqiqotlar markazi ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. “Savdoni yanada liberallashtirish va tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Sarmoya va biznes - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodiyot vaziri: Kichik biznes O‘zbekiston iqtisodida hal qiluvchi rol uynaydi

Unga ko‘ra, 2019-yilning 1-yanvaridan quyidagilar:

- ulgurji savdoni amalga oshirish uchun litsenziya bo‘lishi kerakligi hamda ulgurji savdo korxonalarining alohida soliqqa tortish tartibi;

- aksiz solig‘iga tortiladigan ayrim tovarlar (avtomobillar, o‘simlik yog‘i, alkogol va tabaka mahsulotlari hamda boshqalar)ni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishning amaldagi tartibi;

- ko‘chma savdoga ruxsat berish tartibi;

- tadbirkorlik subyektlarida kontragentlar bilan munosabatlarda yuzaga keladigan muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzdorlik uchun sanksiyalar;

- tadbirkorlik subyektlarida ichki bozordagi bitimlar bo‘yicha 15 foizlik oldindan to‘lov talabi;

- sarxil (svejiy) meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda 100 foiz oldindan to‘lov talabi amaliyoti;

- ilovaga muvofiq, ayrim tovar turlarining eksportiga cheklovlar;

- iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasini shartnomada ko‘rsatilganidan ko‘proq iste’mol qilingani uchun jarima sanksiyalari;

Plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston meva-sabzavotlari Rossiya savdo tizimlaridan joy oladi

- yuqori likvidli tovarlar, xomashyo va materiallarni birja savdosiga chiqarish jadvallarini shakllantirish va uni Raqobat qo‘mitasi bilan kelishi amaldagi tartibi;

- iste’mol kreditlarini faqatgina O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlariga berish amaliyoti bekor qilinadi.

2018 yil 1-oktabrdan import bo‘yicha olib kirilgan yuqori likvidli mahsulot turlari, egalari o‘z xohishiga ko‘ra, ichki bozorda, shu jumladan, birja savdolarida cheklovlarsiz sotilishi mumkin.

Shu yil 1-oktabridan O‘zbekiston Respublikasidan jismoniy shaxslar uchun 5 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan ruxsat etilgan valyuta miqdori doirasida tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilishi mumkin.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Iqtisodiyot vazirligi huzurida sanoat bozori va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish tadqiqotlar markazi ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0