TOShKENT, 26 apr — Sputnik. 24 aprel kuni Moskvada o‘zbek meva-sabzavotlarini tatib ko‘rish marosimi o‘tkazildi. Tadbir UZagroning Sharqiy Yevropa vakilligi tomonidan tashkil etildi, deb xabar berdi "O‘zbekoziqovqatxolding" XK matbuot xizmati.
Tadbirda "Danilovskiy rinok" AJ, "Schastliviy malish" kabi qator kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi.
Marosim davomida mehmonlar O‘zbekistonda yetishtirilgan ho‘l va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, konditer mahsulotlari, mineral suvlardan tatib ko‘rishdi. Mahsulotlarning ta’mi va xilma-xilligidan mamnun bo‘lishdi.
Tadbir yakunida o‘zbek meva-sabzavotlarini Rossiya savdo tizimlariga yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Bu yildan boshlab Milliy "UZagro" brendi eksportga yo‘naltiriladigan mahsulotlarning sifatiga kafolat beradi. O‘zbek meva-sabzavotlari qo‘rkam ko‘rinishda jahon talablariga javob bergan holda qadoqlanib eksport qilinadi.