TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin payshanba kuni Tojikiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan MDH sammitiga yetib keladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Rossiya yetakchisi press-kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Putin dastavval Bokuga uchib keladi, Rossiya-Ozarbayjon mintaqalari forumida ishtirok etadi va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uchrashadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbega 27-28 kunlari ishchi tashrif bilan keladi va sammitda ishtirok etadi.
Sammitning birinchi kunida Tashqi ishlar vazirlari kengashi o‘tkaziladi, so‘ngra MDHga a’zo davlatlar rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tadi.
Davlat rahbarlari 2023-yilgacha jinoyatchilikka qarshi kurash choralari bo‘yicha hamkorlikdagi dasturni imzolaydilar.