O‘zbekistonda import tovarlarini rasmiylashtirish soddalashtiriladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishGruzovie furi na territorii terminala
Gruzovie furi na territorii terminala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bojxona hududiga yetib kelishidan oldin tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash amaliyoti joriy etilishi belgilangan.

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Granitsa  - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona “tashmachilar”ga nisbatan ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi

Prezidentning shu yil 12-apreldagi farmoniga muvofiq import tovarlari amalda O‘zbekiston bojxona hududiga yetib kelishidan oldin tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash amaliyoti joriy etilishi belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, qaror bilan avtomobil, temir yo‘l va havo transporti orqali O‘zbekiston bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida elektron tarzda oldindan xabardor qilishda bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan ma’lumotlar ro‘yxati hamda uni amalga oshirish sxemasi tasdiqlandi.

Oldindan xabardor qilish tartibotini amalga oshirish sxemasi ikki bosqichda bajariladi.

Birinchi bosqichda tovar tashuvchi, egasi bojxona organlarining axborot tizimiga telekommunikatsiya tarmog‘i orqali O‘zbekiston bojxona hududiga kelishidan oldin tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida elektron ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda yuboriladi.

Ikkinchi bosqichda bojxona xizmati organlari avtomobil, temir yo‘l va havo transporti orqali O‘zbekiston bojxona hududiga kelgan tovar va transport vositalarining yuk hujjatlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni 30 daqiqa ichida dastlabki tekshiruvda o‘tkaziladi.

Bojxona rasmiylashtiruvi esa 20 daqiqada amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi (agar dastlabki elektron axborot yuk hujjatlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lsa va xatar bo‘lmasa).

Yangiliklar lentasi
0