TOShKENT, 10 sen — Sputnik. “Tolibon” harakati Afg‘oniston shimolidagi Jauzjan provinsiyasidagi tumanlardan birini bosib oldi. Bu haqda RIA Novosti Tolo News telekanaliga asosan xabar qildi.
“Mahalliy amaldorlar kuchli to‘qnashuvlardan so‘ng Jauzjan provinsiyasining Xam Aab (Kham Aab) tumani “Tolibon” nazoratiga o‘tganligini tasdiqladi”, - deyilgan telekanal xabarida.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari va “Tolibon” harakatining jangarilari o‘rtasida kurash ketmoqda.
“Tolibon” bundan avval mamlakatning qishloq tumanlarida katta hududni egallagan, endi esa yirik shaharlarga hujumga o‘tdi. Shuningdek, mamlakat hududida “IShID” terrorchilik uyushmasi ta’siri kuchaydi. Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari terrorizmga qarshi qurashish bo‘yicha butun mamlakat bo‘ylab hamkorlikda operatsiyalar o‘tkazishmoqda.