“Islom davlati” Markaziy Osiyoda tayanch nuqtasini yaratishga harakat qilmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishAvtomat v rukax chlena nezakonnogo voorujennogo formirovaniya
Avtomat v rukax chlena nezakonnogo voorujennogo formirovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH aksiterrorchilik markazi rahbari Andrey Novikov so‘zlariga ko‘ra, IShID “xufiyona guruhlar” faoliyatini faollashtirish tahdid borligini ta’kidlab o‘tdi.

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. “Islom davlati” xalqaro terrorchilik uyushmasi Markaziy Osiyoda o‘zining tayanch nuqtasini tashkil etish va “uxlayotgan yacheykalarni” jonlantirishga harakat qilmoqda.

Tureskie politseyskie - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada eronlik “IShID amiri” ushlandi

Bu haqda MDH aksiterrorchilik markazi rahbari politsiya general-polkovnigi Andrey Novikov “Issiq-Ko‘l – Antiterror – 2018” ikkinchi bosqich o‘quv mashg‘ulotida ma’lum qildi.

“Yuzaga kelgan tezkor vaziyat tahlil natijalariga ko‘ra, qo‘shma aksil terrorchilik o‘quv mashg‘ulotlarni yo‘nalishlarini ishlab chiqishda nafaqat Qirg‘iziston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligiga bevosita tahdid soladigan asosiy muammolarga e’tibor qaratishga qaror qilindi”, - dedi Novikov o‘quv mashg‘ulot ochilish marosimida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muammolarga “ID mintaqada yangi tayanch nuqtasini, ya’ni o‘ziga xos “halifatlik” ni tashkil qilish, “uxlayotgan jamoat”larni yig‘ish va ularni faollashtirishga qaratilgan harakatlarni kiritish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0