TOShKENT, 24 sen — Sputnik. “Ukraina go‘zali – 2018” g‘olibi Veronika Didusenko tanlov qoidalarini buzganligi uchun unvondan mahrum etildi. Bu haqda tanlov tashkilotchilari ma’lum qildilar.
Didusenko shartnoma talablari va tanlov qoidalarini buzganligi uchun tanlovdan chiqarib tashlandi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, qatnashchilar turmushga chiqmagan va ularda farzandlar bo‘lmasligi kerak.
Veronika Didusenko o‘zi haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergan.
Yaqin vaqtlarda “Ukraina go‘zali – 2018” tanlovi qayta o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan payshanba kuni “Ukraina go‘zali - 2018” final bosqichi bo‘lib o‘tgandi. Unda 24 nafar ayollar ishtirok etdi. Tanlov hakam hay’ati Veronika Didusenkoni g‘olib deb topdi.