O‘zbekistonlik Diana Shelkova xalqaro go‘zallik tanlovida uchinchi o‘rinni egalladi

Obuna bo‘lish
Keyingi mavsumda loyiha tashkilotchilari modellarni emas, aktrisalarni izlashadi. Chunki tanlov g‘olibi badiiy filmlarda bosh rolda suratga tushishi kerak bo‘ladi.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik Diana Shelkova “Koinot go‘zali - 2018” xalqaro tanlovda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Hakamlar tanlovnining birinchi uchta g‘olibini aniqlashdi.

“Koinot Go‘zali 2018” unvoni rossiyalik Irina Sorokinaga berildi. “Ikkinchi Koinot Go‘zali 2018” unvoni belaruslik Yekaterina Dubrovskayaga topshirildi. Bu haqda tanlov matbuot xizmati xabar qildi.

© beautyofuniverse.ruTroyka pobeditelnis mejdunarodnogo konkursa "Krasa Vselennoy 2018"
O‘zbekistonlik Diana Shelkova xalqaro go‘zallik tanlovida uchinchi o‘rinni egalladi - Sputnik O‘zbekiston
Troyka pobeditelnis mejdunarodnogo konkursa "Krasa Vselennoy 2018"

Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Irina Sorokina diplom va homiylar va sheriklardan sovg‘alar berildi. Shuningdek, u 2019-yilda hakamlar tarkibida ishtirok etish huquqni ham qo‘lga kiritdi.

“Ikkinchi Koinot Go‘zali 2018” unvonini olgan Dubrovskaya ishtirok etganligi haqida elektron diplom va 2019-yilda hakamlar tarkibida bo‘lish huquqini oldi.

O‘zbekistonlik Diana Shelkovaga esa tanlovda ishtirok etganligi haqida elektron diplom berildi.  

Tashkilotchilar 2019-yilda loyihani formatini o‘zgartirishi munosabati bilan shu yilda tanlov finali onlayn-shaklda o‘tkazildi.

2019 yilda loyiha go‘zallik tanlovi sifatida bo‘lmaydi. Endi “Koinot Go‘zali 2019” loyihasi go‘zallik va ijod xalqaro festival sifatida o‘tkaziladi.   

2019 yil mart/aprelda Moskvada loyihaning uchinchi finali o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0