Cobalt va Malibu mashinalarini yetkazib berish muddati qisqardi

Obuna bo‘lish
Avtomobillar qayta taqsimoti iste’molchilarning talablariga ko‘ra kunlik tarzda yangilab boriladi.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. GM Uzbekistan Cobalt (4 poz. AT) avtomobilining yetkazish muddati 84 dan 40 kalendar kuniga (60 dan 25 ish kuni) va “Malibu Turbo”ni 125 dan 60 kalendar kuniga (90 dan 45 ish kuni) qisqardi, deb xabar qildi "O‘zavtosanoat".

Avtomobil Chevrolet Tracker - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan dilerlik markazlari bilan faoliyatini qayta ko‘rib chiqdi

Kompaniya ma’lum qilishicha, ushbu yangi qisqargan muddatlar avtomobil yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalarda ham huquqiy jihatdan ham qayd etiladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda kompaniya “Lacetti” (1 poz.), “Cobalt” (2 poz.) va “Nexia” (4 poz. AT) avtomobillarini xaridorlarga yetkazib berish muddatini 60 dan 45 ish kunigacha, “Lacetti” (1 poz. GBU bilan) avtomobilini esa 60 dan 40 ish kunigacha qisqartirgandi.

Shu bilan birga, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida dilerlik markazlari bilan avtomobil taqsimoti borasidagi ishlarini takomillashtirganini ma’lum qilgandi.

Avtomobillar qayta taqsimoti iste’molchilarning talablariga ko‘ra kunlik tarzda yangilab boriladi.

Yangiliklar lentasi
0