TOShKENT, 21 sen – Sputnik. GM Uzbekistan mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida dilerlik markazlari bilan avtomobil taqsimoti borasidagi ishlarini takomillashtirganini ma’lum qildi.
“Endilikda siz avtomobilingizni o‘zingizga yaqin va qulay bo‘lgan istalgan avtosalondan xarid qilishingiz mumkin, hatto ushbu salonda avtomobil bo‘lmasa ham.
Siz shartnoma olish uchun onlayn ariza qoldirishingiz yoki dilerga murojaat qilgan holda yetkazib berish shartlariga ko‘ra ushbu avtosalonda avtomobilni kutishingiz mumkin”, - deyilgan kompaniya xabarida.
Avtomobillar qayta taqsimoti iste’molchilarning talablariga ko‘ra kunlik tarzda yangilab boriladi.