A’lochi-migrantlar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishVidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie
Vidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada 250 mingdan ziyod chet ellik talabalar tahsil oladi, bu esa talabalar umumiy sonining 5%ini tashkil qiladi.

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Rossiyada chet ellik talabalarga soddalashtirilgan tartibda RF fuqaroligini taqdim etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Rossiyskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
O‘n olti nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini qabul qildi

Bu haqda Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Valentina Kazakovaga tayangan holda Sputnik Tojikiston xabar qilmoqda.

Kazakovaning so‘zlariga ko‘ra, muassasa, jumladan, Rossiya oliygohlarini a’lo baholarga tamomlagan migrant-talabalar uchun Rossiya fuqaroligini qabul qilish tartibini soddalashtirish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Rossiya fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilning iyul oyi holatiga ko‘ra, Rossiyada 250 mingdan ortiq chet ellik talabalar tahsil olishadi, bu esa talabalar umumiy sonining 5%izini tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0