O‘n olti nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini qabul qildi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishRossiyskiy pasport
Rossiyskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya fuqaroligi 100 dan ziyod fuqarolarga berilgan, prezident shuningdek, ikki nafar belorussiyalikning fuqaroligini tiklagan

TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti imzolagan Farmonga ko‘ra, 104 kishi Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi. Shulardan 16 nafari o‘zbekistonliklardir.

Tegishli hujjat huquqiy axborot internet-portalida e’lon qilingan.

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Besh yil ichida Rossiya fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklar soni 2 baravarga ko‘paydi

Ushbu hujjatga ko‘ra, O‘zbekistondan - 16 kishi, Moldaviyadan - 14, Armanistondan - 11, Belarus va Tojikistondan - 10 kishidan, Ozarbayjondan - 9 kishi, Ukraina, Afg‘oniston va Vyetnamdan - 5 kishidan, Gruziya va Qozog‘istondan - 3, Fransiya, Turkiya va Isroildan - 2, Kipr, Hindiston, Italiya, AQSh va Germaniyadan - 1 kishidan Rossiya fuqaroligini qabul qilganlar.

Bundan tashqari, Rossiya hududida tug‘ilgan ikki fuqaro ham Rossiya fuqaroligini qabul qilgan.

Farmonga ko‘ra, ushbu shaxslar RF fuqarosi qasamodini qabul qilishi bilan Rossiya fuqaroligini qo‘lga kiritadi. Faqatgina balog‘at yoshiga yetmagan bolalar bundan mustasno. Ular ota-onalari keltirgan qasamoddan so‘ng Rossiya fuqaroligiga o‘tadilar.

Bundan tashqari, Rossiya prezidenti ikki nafar belarussiyalikni fuqaroligini tiklagan.

Rossiya rahbari, shuningdek, to‘rt kishining fuqarolikdan chiqish to‘g‘risidagi arizasini qanoatlantirgan: bular Litva fuqarosi va uch nafar rossiyalikdir.

Yangiliklar lentasi
0