AQSh fuqarosi qilmagan jinoyati uchun 27-yil qamoqda o‘tirib chiqdi

© AP Photo/Carolyn ThompsonValentino Dikson okolo zdaniya okrujnogo suda okruga Eri v Buffalo posle slushaniya, na kotorom on bil osvobojden ot obvineniya v ubiystve za kotoroe otsidel v turme 27 let. 19-sentabrya 2018
Valentino Dikson okolo zdaniya okrujnogo suda okruga Eri v Buffalo posle slushaniya, na kotorom on bil osvobojden ot obvineniya v ubiystve za kotoroe otsidel v turme 27 let. 19-sentabrya 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda yigirma yetti yil qamoqda o‘tirgan Valentino Dikson ozodlikka chiqarildi.

TOShKENT, 21 sen – Sputnik. AQShda sodir etmagan jinoyati uchun 27-yil qamoqda o‘tirgan Valentino Dikson ozodlikka chiqarildi, bu haqda RIA Novosti Golfworld nashriga asosan xabar qildi.

Foto chernogo labradora po imeni Lyusi, obnarujenie, kotorogo povliyalo na rassledovanie dela ob iznasilovanii, sdelannoe 18-iyulya 2018 v Djerxart Golf Links v Gearte, Oregon - Sputnik O‘zbekiston
AQShda it o‘z egasiga jinsiy jinoyat bo‘yicha jazodan qutulib qolishga yordam berdi

Yigirma yetti yil avval Valentino Dikson tungi klubga keladi. U yerda mushtlashuv boshlanib, otishma sodir bo‘ladi. Valentino aytishiga ko‘ra, to‘qnashuvda u ishtirok etmagan va voqea joyidan ketib qolgan. Bundan tashqari, u klubda 17 yoshli yigit halok bo‘lganligini ham bilmaydi.  

Dikson onasi aytishiga ko‘ra, ular do‘stlaridan o‘g‘li politsiya tomonidan qidirilayotganligini bilib qolishadi. Bir necha vaqtdan so‘ng, uyiga politsiya kelib, uni hibsga olishadi.

Bundan avval Valentino narkotik moddalarni saqlash uchun sudlangandi. Shu bilan birga, tungi klubda o‘q uzilgan to‘pponcha unga tegishli bo‘lgan. Biroq, guvohlar aynan kim o‘q uzganini aniq ayta olishmaydi. Shunga qaramay, Dikson aybdor deb topilib, unga 39-yil qamoq jazosi tayinlanadi.

Keyinchalik, yuridik universitetining ko‘ngilli talabalari bu holatni tergov o‘tkazishga kirishadilar. Talabalar tergov jarayonida barcha guvohlarni so‘roq qilishadi. Dikson o‘sha vaqt jazo muddatining uchdan ikki qismini o‘tkazgan bo‘ladi.

Medsestra nabirayet lekarstvo v shpris v statsionare - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda birinchi marta pedofil kimoviy kastratsiya qilinadi

Talabalar mudhish kechada Lamar Skott ismli kishi to‘pponchadan o‘q uzganligini aniqlashadi. U yigit esa boshqa jinoyat uchun qamoqda bo‘lgan. So‘roq paytida Skott 27-yil oldin o‘sha klubda yigitga o‘q uzganligini tan oladi. Talabalar tergov natijalarini huquq tartibot organlariga berishadi. Natijada Diksonni ozodlikka chiqarish haqida qaror qabul qilinadi.

Ozodlikka chiqqan Valentino so‘zlariga ko‘ra, uni nohaq ayblagan shaxslarni qidirishni rejalashtirmagan. U faqat oilasi va do‘stlari davrasida vaqt o‘tkazishni xohlamoqda. Shuningdek, rassomlik qobiliyatini ham rivojlantirish istagida. 27-yil ichida uning qizi turmushga chiqib, u ikkita nabirali bo‘lgan ekan.

Yangiliklar lentasi
0