Qozog‘istonda birinchi marta pedofil kimoviy kastratsiya qilinadi

© Sputnik / Sergey MalgavkoMedsestra nabirayet lekarstvo v shpris v statsionare
Medsestra nabirayet lekarstvo v shpris v statsionare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda 2018-yil 1-yanvardan boshlab kimoviy kastratsiya qilish bo‘yicha normalar kuchga kirgandi.

TOShKENT, 21 sen – Sputnik. Qozog‘istonning Turkiston viloyatida pedofilga nisbatan qo‘llaniladigan birinchi kimoviy kastratsiya qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda RIA Novosti Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan xabar qildi.

Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda qidiruvda bo‘lgan pedofil qo‘lga olindi

2016 yil aprelda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bolalar huquqi himoya qilishga qaratilgan qonunchilikka ko‘plab o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutgan hujjatlarni imzoladi.

Bu normalarning bir qismi, shu jumladan, kimoviy kastratsiya 2018-yil 1-yanvardan kuchga kirdi.

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, sud qaroriga asosan sudlangan shaxs shahvoniy ehtiyojini pasaytiradigan preparatlarni iste’mol qilishga majburlanadi. Bu norma voyaga yetmagan shaxslar bilan jinsiy aloqa qilish bo‘yicha jinoiy huquqbuzarlik sodir etgan, 18 yoshdan oshgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.    

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shahvoniy istakni kamaytiradigan choralar sud qarori asosida tibbiyot tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun 2018-yilda davlat budjetidan 27 ming dollar ajratilgan.

Bir nafar shaxsni kimoviy kastratsiya qilish uchun yiliga o‘rtacha 350 dollar ajratiladi.

“2018 yil 8 oy yakuni bo‘yicha Turkiston viloyatidan bir dona buyurtma kelgan. Turkiston psixnevrologiya dispanseri ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda kimoviy kastratsiya qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, - deb ta’kidlandi vazirlikda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi kimoviy kastratsiya qo‘llash qoidalarini ishlab chiqdi. Ular 2018-yil boshidan kuchga kirdi.

Yangiliklar lentasi
0