TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Facebook ko‘z o‘ngimizda AQSh maxsus xizmatlarining axborot makonini Vashingtonga ma’qul bo‘lmagan kontentdan tozalash bo‘yicha maxsus qurolga aylanib bormoqda, deb bayonot qildi RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
RIA Novosti xabari asosida.
"(Mark) Sukerbergning farzandi ...bizning ko‘z o‘ngimizda axborot makonini rasmiy Vashingtonga ma’qul bo‘lmagan kontentdan axborot makonini tozalash bo‘yicha amerika maxsus xizmatlari boshqaruvida bo‘lgan qurolga aylanib bormoqda", - deb aytdi Zaxarova.
Misol tariqasida Zaxarova Facebook ijtimoiy tarmog‘i va Atlantik kengash o‘rtasida joriy yilning may oyida "butun dunyo bo‘yicha saylovlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risida" tuzilgan bitimni keltirib o‘tdi.
"Ey, yigitlar, bu nimasi? Axir bu shunchaki manipulyatsiya, bu yolg‘on, ular "yangi media"larga ham, axborotni tarqatish erkinligiga ham ishonishadi... Yuz millionlab, balki ko‘proq odamlar ushbu ijtimoiy muhit ishtirokchilariga aylanishdi, va ular bu tarmoqqa ishongan bir vaqtda ulardan shu tariqa foydalanishmoqda", - deb o‘z noroziligini bildirdi Zaxarova.
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, erkin demokratik saylovlar va axborot makonining tozaligi uchun kurashuvchilar bugungi kunda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashib, haqiqatdan yiroq bo‘lgan axborotlarni tarqatish bilan shug‘ullanishmoqda.
"Boshqa mamlakatlar, xususan Rossiya nomiga qilinayotgan dalilsiz ayblovlar esa, o‘zlarining mana shu turdagi harakatlari uchun niqob bo‘lib xizmat qiladi", - dedi Zaxarova.
Ayol bu borada Feysbuk ijtimoiy tarmoq, mutasaddi xalqaro tuzilmalar va huquqni himoyalovchi tashkilotlar reaksiyasini eshitishni juda xohlashini qo‘shimcha qildi.