TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari senati O‘zbekistoda AQShning yangi elchisi nomzodini tasdiqladi, - deb xabar qilmoqda Senat rasmiy sahifasi.
"Merilendlik janob Daniel N. Rozenblum, Katta ijro xizmati (SES) a’zosi, Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlanadi", - deyilgan xabarda.
Daniel Rozenblum 2014- 2017-yillarda Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan AQSh siyosatini ishlab chiqarish va diplomatiyasini boshqarish bilan shug‘ullangan. 2008 – 2014-yillarda Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga ko‘rstailayotgan yordamni koordinatsiya qiluvchi lavozimida ishlab kelgan.
O‘zbekistondagi faoliyatida AQShning yangi elchisi asosiy e’tiborni quyidagi ishlarga qaratmoqchi:
Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlash, mintaqa xavfsizligini himoya qilish, xalqaro muammolarga qarshi kurashda faollik ko‘rsatish;
O‘zbekistonda islohotlar jadallashishi yo‘lida harakat qilish, barcha jabhalarda hozirgiga nisbatan ko‘proq madad ko‘rsatish;
AQSh xususiy sektorini jalb etib, investitsiya qilish uchun zarur sharoit yaratilishida ko‘maklashish.
Inson huquqlari va erkinlikni targ‘ib qilish;
ijobiy o‘zgarishlarni olqishlab, kamchilik va muammolarni konstruktiv tarzda tanqid qilib, tizim yaxshilanishiga hissa qo‘shish;
Amerika va O‘zbekiston xalqni yaqinlashtirish – turli almashinuv dasturlari, madaniy va ilmiy programmalar orqali yoshlarga imkoniyatlar yaratish, hamjihatlik va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash.