TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Avstraliyada Yangi G‘arbiy Uels shtati politsiyasi banan va olma ichida ignalar aniqlanganligi holati bo‘yicha tergovni boshladi.
7 News Sydney telekanal ma’lum qilishicha, Sidney shahrida istiqomat qiluvchi ayol olma ichida ignalar borligini aniqlagan. Ayol zudlik bilan politsiyaga murojaat qilgan.
“Bunday bo‘lishi mumkin emas, axir olmada-ya, men qulupnay ichida igna chiqqanligi haqida xabarni o‘qigandim. Shundan keyin men ogoh bo‘lib, qizlarimga qulupnayni kesib berardi. Endi olma ichida igna topishni ayting...”, - dedi ayol.
OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, Yangi G‘arbiy Uels huquq tartibot organlari Sidney yaqinida joylashgan do‘konlardan birida banan ichida ignalar aniqlanganligi holati bo‘yicha shikoyatlarni tekshirishmoqda.
Bundan avval, Avstraliyaning kamida 7 ta qulupnay yetkazib beruvchi korxona mahsulotlarida ignalar aniqlangan. Hukumat iste’molchilarga mevalari kesib yeyishni tavsiya qilgan. Jinoyatchilarga kamida 10-yil qamoq jazosi berilishi mumkin.
News.com.au portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda 6 ta shtat hududida mevalarda ignalar aniqlanganligi holat bo‘yicha tergov qilinmoqda. Hozirgi vaqtda bu holatlar soni 20 tadan ortiq. Birinchi holat o‘tgan haftada ro‘yxatga olingan. Unda 21 yoshli yigit ichida igna bo‘lgan qulupnayni yutib yuborganligi tufayli Brisbenda shifoxonaga yotqizilgan.
Avstraliyaning Kvinslend shtati hukumati bu jinoyatchilarni ushlashga yordam berganlarga 70 ming dollar mukofot berilishini va’da qildi.