TOShKENT, 18 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisini qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.
"zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-sentabr kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Braunbekni qabul qildi", - deyiladi xabarda.
Mirziyoyevt O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Suhbatda O‘zbekiston inson salohiyatini rivojlantirish, shu jumladan, diniy erkinlik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi konstruktiv muloqotga muhim ahamiyat qaratayotgani qayd etilgan.
Mirziyoyev O‘zbekistonning din sohasidagi siyosati barcha konfessiya vakillari uchun teng sharoitlar yaratishga asoslanganini ta’kidlagan.
Samuel Braunbek samimiy qabul uchun O‘zbekiston rahbariga minnatdorlik bildirib, AQSh O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli o‘zgarishlarni yuqori baholashi va qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
O‘zbekistonda diniy erkinlik va inson huquqlarini ta’minlashda katta muvaffaqiyatlarga erishgani alohida qayd etildi.
Tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ko‘p qirrali, xususan, mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekani bildirganlar.