Abdusalom Azizov AQSh harbiy delegatsiyasini qabul qildi

© Press-slujba Ministerstva oboroni UzbekistanaAbdusalom Azizov vstretil voyennuyu delegatsiyu Natsionalnoy gvardii SShA
Abdusalom Azizov vstretil voyennuyu delegatsiyu Natsionalnoy gvardii SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mudofaa vaziri AQShning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi delegatsiyasini kutib oldi.

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov AQSh Milliy gvardiyasi delegatsiyasini kutib oldi, deb xabar qilmoqda MV matbuot xizmati.

Bugun, 18-sentabr kuni mudofaa vaziri Abdusalom Azizov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni – shtat gubernatori o‘rinbosari, general-mayor Jeyson Boylz boshchiligidagi harbiy delegatsiyani kutib oldi. 

Nomer avtotrasporta Ministerstva oboroni - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi avtoraqamlarni o‘zgartirmoqda

Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi. O‘zaro manfaatli hamkorliklarni kuchaytirish hamda Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta’minlash borasida fikrlar almashildi. 

Suhbat davomida ikki mamlakat orasida har tomonlama va ko‘p tarmoqli hamkorlikni rivojlantirishda joriy yilning may oyida Amerika Qo‘shma Shtatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki davlat hamkorligi uchun katta yutuqlar zaminini yaratganini aytib o‘tdi. 

Shundan keyin mehmonlar Qurolli Kuchlar akademiyasining vazifa va faoliyati hamda malakali harbiy kadrlarni yetishtirishda zamonaviy yondashuvlar, kursantlarning ta’lim olishi va yashashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

© Press-slujba Ministerstva oboroni UzbekistanaAbdusalom Azizov vstretil voyennuyu delegatsiyu Natsionalnoy gvardii SShA
Abdusalom Azizov AQSh harbiy delegatsiyasini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
Abdusalom Azizov vstretil voyennuyu delegatsiyu Natsionalnoy gvardii SShA

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘tgan yildan boshlab xorij davlatlari mudofaa idoralari bilan o‘zaro hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi.

Mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik doirasidagi chora-tadbirlar ko‘lami tobora kengayib, oliy harbiy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ko‘p yillik xizmat tajribasiga ega ofitserlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dolzarb yo‘nalishlardagi izlanishlar xorij tajribasiga tayangan holda amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0