TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Mudofaa vazirligi markaziy apparatiga qarashli xizmat mashinalariga yangi turdagi avtomobil raqamlarini o‘rnatish boshlandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati vakili.
Yangi avtomobil raqamining avvalgisidan farqi — u endilikda oq fonda va to‘rtta raqam ketma-ketligidan iborat bo‘ladi.
Masalan, "01 0047 MV" avtomobil raqamidagi 01 — Toshkent shahri hududiga tegishli ekanligini, 0047 — tartib raqamini, MV —mudofaa vazirligi Markaziy apparatining xizmat avtomobili ekanligini bildiradi.
2018-2019-yillar davomida Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga qarashli barcha turdagi harbiy avtotransport vositalariga to‘rtta raqamlar ketma-ketligidan iborat qora fondagi avtomobil raqamlari o‘rnatiladi.