Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olishni orzu qilmoqda

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishAkter Jerar Depardye
Akter Jerar Depardye  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2013-yil 1-yanvarda Jerar Depardyega Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risida qarorni imzolagandi.

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Fransiyalik mashhur aktor Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olish estagini bildirdi, deb xabar qildi RIA Novosti Aydinlik gazetasiga asosan.

Lyudi gulyayut v parke - Sputnik O‘zbekiston
BMT inson rivojlanish indeksini e’lon qildi

Ilgariroq Frans Press agentligi xabariga ko‘ra, Depardye Pxenyanda ko‘rishgan. U yerda KXDRning tashkil topganiga 70-yil to‘lishi munosabati bilan bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jurnalistlar Depardyeni mehmonxonaning barida ko‘rishgan.

“Men oktabrda Turkiyaga bormoqchiman va Erdo‘g‘on bilan gaplashaman”, - Depardye so‘zlarini keltiradi nashriyot.

Aktor Turkiya fuqaroligini olish istagi borligini ham ma’lum qilgan. Buni Depardye Pxenyanga tashrif buyurganda aytgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2013-yil 1-yanvarda Jerar Depardyega Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risida qarorni imzolagandi. Shundan so‘ng aktor Saransk shahrida propiska olgan. Depardye Fransiya fuqaroligini ham saqlab qoldi.

Yangiliklar lentasi
0