TOShKENT, 17 sen – Sputnik. BMT dunyo mamlakatlarida inson rivojlanish indeksini e’lon qildi.
189 mamlakat ishtirok etgan ro‘yxatda O‘zbekiston 105 o‘rinda. MDHning qolgan davlatlari orasida eng yuqori o‘rin Rossiyaga tegishl - 49 o‘rin. Belarus - 53, Qozog‘iston - 58, Gruziya - 70, Ozarbayjon - 80, Armaniston - 83, Ukraina - 88, Turkmaniston - 108, Moldova - 112, Qirg‘iziston - 122, Tojikiston - 127 o‘rinlarni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, BMT inson rivojlanish indeksini hisoblashda aholining ta’lim darajasi va jon boshiga to‘g‘ri keladigan mamlakat yalpi daromadi hisobga olinadi.
Reytingda birinchi o‘rnida – Norvegiya, keyingi o‘rinlarda Shvetsariya, Avstraliya, Irlandiya va Germaniyaga joylashdi.
Shuningdek Islandiya, Gonkong, Shvetsiya, Singapur va Gollandiya ham birinchi o‘nlikka kirdi.
Reyting oxirida Janubiy Sudan - 187, Markaziy Afrika respublikasi - 188 va Niger – 189 egallagan.