O‘zbekiston o‘z tekstil mahsulotlarini Belarusga yetkazib berish hajmini kengaytiradi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishTekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane
Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus rasmiy delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida 19ta hujjat imzolandi

TOShKENT, 15 sen - Sputnik. "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi binosida 13-sentabr kuni o‘zbek tekstil mahsulotlarini Belarus Respublikasi bozoriga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mejregionalniy uzbeksko-belorusskiy biznes-forum v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Belaruslar O‘zbekistonga nima bilan kelishdi

B2B formatida o‘tgan uchrashuvda Belarusning "Bellegprom" konserni vakillari, "Mogoteks", "Svitanak", "BPXO" OAJ, "Kamvol" OAJ, "Lenta" OAJ, "Belkredo" OAJ, "Konte Spa" kompaniyalari hamda O‘zbekistondagi mahalliy korxonalar vakillari qatnashdilar va "O‘ztekstilsanoat" mahsulotlarini Belarusga yetkazib berish masalalarini muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish, xususan, tekstil, oziq-ovqat, hayvon yetishtirish, meva-sabzavotlarni qayta ishlar, farmatsevtika sohalarida aniq kelishuvlarga erishilgan edi.

Tashrif davomida, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida 19ta hujjat imzolangan. Bundan tashqari, 12-sentabr kuni o‘tkazilgan biznes-forumda umumiy hajmi 230 million dollardan ortiq yangi kontrakt va bitimlar tuzilgan.

Yangiliklar lentasi
0