Belaruslar O‘zbekistonga nima bilan kelishdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMejregionalniy uzbeksko-belorusskiy biznes-forum v Tashkente
Mejregionalniy uzbeksko-belorusskiy biznes-forum v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Aleksandr Lukashenko tashrifi munosabati bilan o‘tkazilgan birinchi O‘zbekiston-Belarus mintaqalararo biznes-forumida o‘nga yaqin bitimlar, shu jumladan maxsus texnikani yetkazish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Forumda ikki davlat ishbilarmon doiralarining 400 dan ziyod vakillari qatnashdi.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Toshkentda chorshanba, 12-sentabr bevosita Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tashrifining birinchi kunida O‘zbekiston va Belarus ishbilarmonlari ishtirokida mintaqalararo iqtisodiy hamkorlik forumi o‘tkazildi.

Uzoq kutilgan tashrif

Belarus o‘zi uchun yangi bo‘lgan, ya’ni eksport strategiyasini va bozorni diversifikatsiyalashni (assortimentni kengaytirish) amalga oshirishga kirishdi.

“Sheriklarimizga taklifimiz bor, ayniqsa – O‘zbekiston Respublikasida”, - deb ta’kidladi Belarus bosh vazir o‘rinbosari Mixail Rusiy Toshkentdagi ishbilarmon forumida.

“Biz uchun istiqbolli ilmiy, agrosanoat majmuasi, mashinasozlik, oziq-ovqat, farmatsevtika va yengil sanoat sohasida hamkorlik qilish ustuvor ahamiyatga ega”, - dedi Rusiy.

Amaldor o‘z nutqida Belarus hamkorligining ilg‘or shakllari – oddiy savdo-sotiqdan o‘zaro investitsiya va sanoat kooperatsiyasigacha o‘tishini ma’lum qildi.

Bosh vazir o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda O‘zbekistonda yo‘l-qurilish texnikasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavod ochiladi. Shuningdek, Belarusda bug‘doy tozalash va qurish bo‘yicha sanoat majmuasi tashkil qilinadi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUchastniki mejregionalnogo uzbeksko-belorusskogo biznes-foruma v Tashkente
Belaruslar O‘zbekistonga nima bilan kelishdi - Sputnik O‘zbekiston
Uchastniki mejregionalnogo uzbeksko-belorusskogo biznes-foruma v Tashkente

“O‘zbekiston katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan davlatdir. Odamlarda o‘z hayotlarini yaxshilashga intilish va ishlash istagi bor. Belarusda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olish rejalashtirilgan”, - dedi Rusiy.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan tadbirda Belarus va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari o‘zlarining istiqbolli sheriklari va hamkasblariga yangi g‘oyalar, takliflar va innovatsion yutuqlarni tanishtirish va taqdim etish uchun ajoyib imkoniyatga ega.

“Bu yerga butun rahbarlik korpusi, yirik sanoat korxonalari rahbarlari kelishgan va o‘z ishlarini boshlashdi. Biz uzoq vaqt bu tashrifni kutdik va rasmiy uchrashuvlar, muzokaralar dasturlari, kun tartibi bo‘yicha juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik”, - dedi siyosatchi.

Shuningdek, u Belarus prezidenti O‘zbekistonga tashrifi ikki mamlakat munosabatlariga yangi turtki berishiga ishonch bildirdi va tashrif davomida erishilgan kelishuvlar o‘zaro tovar ayirboshlashni mustahkamlash va ko‘paytirishga yordam beradi.

“Iqtisodiyotlarimiz oldiga aniq maqsad qo‘yilgan – qisqa vaqt ichida tovar aylanuvi darajasini 500 million dollarga yetkazish. Bugungi kunda bu raqam katta, biroq buni amalga oshirsa bo‘ladi”, - deb yakun yasadi bosh vazir o‘rinbosari.

Texnika ishi

Shu bilan birga belaruslik sheriklar yig‘ma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyor.

MTZ xolding bosh direktori Fedor Domatenko o‘zbek tomoni bilan imzolangan shartnoma summasini aytib, kelgusi rejalari haqida o‘rtoqlashdi.

“Bizda O‘zbekistonda biznesimiz bor. Yig‘ma sanoat va tayyor mahsulotlarini yetkazish yo‘lga qo‘yilgan, biz traktor komplektlarini yetkazish bo‘yicha 15 million dollarlik shartnoma imzoladik. Bugun biz O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan masala – 200 ortiq gusenitsali va bog‘ texnikasini yig‘ish sanoatini yo‘lga qo‘yish. Shu kunlarda bu ikki masalaga bag‘ishlanadi. O‘ylaymanki, biz shartnoma imzolaymiz va yil yakuniga qadar aniq natijalarga erishamiz”, - deb ta’kidladi Domatenko. 

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBelorusskie traktori na vistavke v Tashkente
Belaruslar O‘zbekistonga nima bilan kelishdi - Sputnik O‘zbekiston
Belorusskie traktori na vistavke v Tashkente

Shuningdek, u bu maydonchani muhimligiga alohida urg‘u berdi, bu O‘zbekistonga nafaqat qo‘shimcha ish joylarini yaratadi, balki respublikaning eksport salohiyatini ham oshiradi.

O‘z navbatida “Belshina” korxonasi bosh direktori Vladimir Karpak Sputnik muxbiriga bergan intervyuda shuni ma’lum qildiki, O‘zbekistonda shina ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalari bilan tanish ekanligi, bunda Belarus kompaniyasi texnik yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

“Bugun biz kichik shartnoma imzoladik, atigi 80 ming dollarlik, biroq kelgusida biz “O‘zbekko‘mir” uchun tenderda ishtirok etmoqdamiz.  U yerda shartnoma qiymati 800 ming dollarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bugungi kunda biz karyer texnikasi uchun yangi turdagi va o‘lchamdagi shinalarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirmoqdamiz, men ishonamanki, yaqin vaqtlarda ular O‘zbekiston karyerlarida paydo bo‘ladi”, - dedi Karpak.  

Strategik ishonch

Mintaqalararo biznes forumining ahamiyatini Belarus xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik komissiya raisi, Belarus-Rossiya tashqi siyosat bo‘yicha parlament yig‘ini rahbari,  parlamentlararo ittifoq va tinchlik va xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sergey Raxmanov ta’kidlab o‘tdi.  

“Bu tadbir yuqori darajadagi rahbariyat qatori barcha jarayon ishtirokchilari,  parlament,  biznes vakillari uchun muhim voqeadir. Bu munosabatlarimizning muhimligini qayta ko‘rib chiqishni aks ettiradi. Chunki, bu munosabatlar juda jadal rivojlanmagan, biroq endi biz tiklanish davriga guvoh bo‘lmoqdamiz”, - dedi Raxmanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus tomon o‘zbekistonlik sheriklarini katta qiziqishini ko‘rmoqda.

“Biz tomonimizda ham bunday qiziqish bor. Asosiysi – biz bir-birimizga ishonamiz, ikki tomonda salohiyat mavjud, biz buni tez ko‘paytirishimiz mumkin. Darhaqiqat, agar chuqurroq nazar solinsa, bizda yuqori texnologiya va uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlanish dasturi bilan bog‘liq imkoniyatlarmiz yanada ko‘pligini ko‘rishimiz mumkin”, - deb qo‘shimcha qildi siyosatchi.

Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston va Belarus birgalikda uzoq muddatga o‘zlarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashlari mumkin.

“Dunyoda hozir sharoit qiyin, vaziyat o‘zgarmoqda, shuning uchun ishonarli sheriklar bilan bu o‘zgarishlarga qarshi turib, bu bilan o‘z fuqarolarining farovonligini ta’minlash mumkin.  Bizda xalqimiz juda mehnatkash va iqtidorli - O‘zbekistonda va Belarusda, barcha yo‘nalishlarda oldinga yurish uchun o‘z kuchlarimizni birlashtirishimiz mumkin”, - dedi Raxmanov.

 Prezident Respubliki Belorussiya Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko O‘zbekistonga keladi: bu shunchaki “quruq” kelib-ketish bo‘lmaydi

Bundan tashqari, u ikki tomonlama hamkorlikdan tashqari, ko‘p tomonlama formatda o‘z manfaatlarini oldinga surishda hamkorlik qilish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

“O‘zbekiston - Markaziy Osiyoda nufuzli davlatdir. Belarus – Sharqiy Yevropa mintaqasida muhim va katta o‘yinchidir. Hozir O‘zbekistonga ham Belarusga ham xalqaro hamjamiyat tomonidan katta qiziqish mavjud. Bizda to‘xtamasdan turli xalqaro tadbirlar o‘tkazilmoqda, bu davlatlarimizga dunyo hamjamiyati tomonidan qiziqish borligini tasdiqlaydi”, - dedi u.

Raxmanov ikki davlat o‘rtasida ancha vaqt o‘zaro hamkorlik uncha samarali bo‘lmaganligini ham aytib o‘tdi.

“Biz birga ishlashimiz kerak. Vaqt bo‘ldiki, unda biz birga yashamadik, hozir, men umid qilaman, biz nafaqat birga yashaymiz, balki juda ham yaqin. Shuning uchun yo‘qotilgan narsalarni tiklash kerak. Ehtimol, bunday darajadagi ma’lumotlarni almashishni muntazam ravishda amalga oshirish uchun, misol uchun ekspertlar uyushmasi markazini yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar biz to‘g‘ri analitika yo‘lida yursak, menimcha, bu bizni samarali rivojlanish imkonini beradigan poydevor bo‘ladi”, - dedi belaruslik siyosatchi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Mirziyoyevni Belarusga taklif qildi

Forum doirasida o‘ndan ortiq hujjatlar imzolandi. Shular ichida butlovchi qismlarni yetkazish bo‘yicha “MTZ-xolding” va “Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi” AJ o‘rtasida, qishloq texnikasini yetkazish bo‘yicha “Bobruyskagromash” OAJ va “O‘zbelAgromash” MChJ o‘rtasida, hamkorlik qilish bitimi haqida “O‘zgidroenergo” AJ va “BelAZ” va “Spestexnika” MChJ o‘rtasida imzolandi. Bundan tashqari, ishtirokchilar ekskavator-yuklovchi mashinalarini yetkazish bo‘yicha “Amkodor-Agrotexmash” MChJ QK va “Amkodor” o‘rtasida shartnomaga qo‘l qo‘yishdi. Shuningdek, MAZ texnikasini yetkazish bo‘yicha “MAZ" va “Maz-Tashkent" korxonalari o‘rtalarida shartnomalar tuzildi.

Belarus yetakchisi tashrifining asosiy qismi 13-sentabrda bo‘lib o‘tadi. Unda Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Ular tor doirada ikki davlat o‘rtasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishadi.

Yangiliklar lentasi
0