O‘zbekistonda kichik mehmonxonalar qurish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaDom dlya turistov
Dom dlya turistov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror loyihasida birinchi va ikkinchi bosqichda, ya’ni 2018-2022 yillarda kichik mehmonxonalar quriladigan tuman va shaharlar ro‘yxati berilgan.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Prezident Yegipta Abudulfattax as-Sisi - Sputnik O‘zbekiston
Misr bilan turizm, islom madaniyati va sport sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Ushbu qaror loyihasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan.

Qaror loyihasida aytilishicha, mamlakatda turistlar oqimini yanada ko‘paytirish uchun bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Ular hal etilsa turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish yo‘lida mavjud to‘siqlarni olib tashlaydi va mamlakatga investitsiya jalb qiladi.

Qaror loyihasida respublika viloyatlarining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, mehmonxona xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish, mehmonxona sektoriga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida qator vazifalar belgilangan.

Shuningdek, qaror loyihasida birinchi va ikkinchi bosqichda, ya’ni 2018-2022 yillarda kichik mehmonxonalar quriladigan tuman va shaharlar ro‘yxati berilgan.

Sanatoriy Zamin - Sputnik O‘zbekiston
Baxmal va Zomin ekologik turizm markaziga aylanadi

Kichik mehmonxonalarni qurish uchun yer uchastkalarini berish tartibi to‘g‘risida nizom va chizmasi ilova qilingan.

Shu bilan birga, qaror loyihasida kichik mehmonxonalarni qurish uchun investor-tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Respublika ishchi guruh tarkibini tasdiqlash nazarda tutilgan.

Ushbu ishchi guruhning asosiy vazifalari sanab o‘tilgan:

- kichik mehmonxonalarni qurish uchun yer uchastkalarini taqdim etish masalasini tezkorlik bilan kelishish va tasdiqlash;

- kichik mehmonxonalarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarini hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatish borasida vazirlik, idora, davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, kichik mehmonxonalarni qurish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, burokratik holatlarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralarni amalga oshirish;

- kichik mehmonxonalar qurilishi uchun investitsiyalarni jalb etilishini ta’minlash;

- kichik mehmonxonalarni qurish bo‘yicha investitsiya takliflarini amalga oshirish bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha tezkorlik bilan hal qilish;

- kichik mehmonxonalarni qurilishini tizimli va sifatli monitoringi amalga oshirish.

Qaror loyihasi 28-sentabrgacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0