Rossiya o‘z tarixida eng yirik harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazadi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevPodgotovka k voyennim ucheniyam "Vostok-2018" v Zabaykalskom krae
Podgotovka k voyennim ucheniyam Vostok-2018 v Zabaykalskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sergey Shoygu aytishiga qaraganda bunday yirik o‘quv mashg‘ulotlari Rossiyada 1981-yildan buyon o‘tkazilmagan.

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Rossiyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan "Vostok-2018" harbiy manyovrlarida 300 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, 36 ming tank va BTRlar, mingdan ortiq vertolet va uchuvchisiz apparatlar ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Mudofaa vaziri Sergey Shoygu aytishiga qaraganda bunday yirik masshtabli manyovrlar Rossiyada 1981-yildan buyon o‘tkazilmagan.

“Ular "Zapad-81" o‘quv-mashg‘ulotlariga nimasi bilandir o‘xshab ketadi, lekin ba’zi jihatdan undan ham yirikroqdir. Markaziy va Sharqiy harbiy okrugning ibarcha poligonlarida  mingdan ortiq uchar apparatlar, 300 ming harbiylar hamda Tinch okeani floti, Shimoliy  flot hamda Harbiy desant qo‘shnlarining ishtirokida o‘tmoqda”, - dedi Shoygu.

Shoygu aytishiga qarganda harbiy manyovrlar juda katta tayyorgarlikdan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Qo‘shnlar uchun 15ta maxsus mashug‘lotlar tashkil qilinadi. Ulardan oldidan esa qo‘shnlarda kutilmagan tekshiruvlar o‘tkaziladi.

2018 yilning 11-15 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Sharq-2018”  o‘quv-mashg‘ulotlari harbiy qo‘shnlar uchun eng yirik manyovr bo‘ladi. Ushbu mashg‘ulotlar xalqaro statusga ega. Ularda Sharqiy va Markaziy harbiy okrug qo‘shnlari, Tinch okeani va Shimoliy flotlar ishtirok etadi. O‘quv mashg‘ulotlarning ma’lum bosqichida Mongoliya va Xitoy qo‘shnlari ham ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0