TOShKENT, 12 sen – Sputnik. O‘zbekiston Tovar xom-ashyo birjasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 5-sentabrdan 8-sentabrgacha auksionda qiymati 2 mlrd. so‘mdan “chiroyli” avtoraqamlar sotilgan.
Sotilgan avtomobil raqamlarining umumiy soni 638tani tashkil qilgan. Ulardan 21 % - Birinchi toifali, 24 % - ikkinchi toifali va 55 % - uchinchi toifali avtomobil raqamlaridir.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, eng ko‘p chiroyli raqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sotilgan. Umumiy savdo hajmida ushbu hududning ulushi 19 %ga teng.
Ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati 12 % ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Namangan bo‘lib, uning ulushi 10 %. Boshqa hududlarning ulushi 59 %ni tashkil qildi.