O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqamlarning narxlari o‘zgardi

© Foto : Novosti Uzbekistana"Krasivie" nomera na avtomobil v Uzbekistane
Krasivie nomera na avtomobil v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar mahkamasining qarori bilan “chiroyli” raqamlarning boshlang‘ich narxlari va toifalari ham o‘zgardi.

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi qarori bilan jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram-kanali xabar qildi.

Devushka stavit novie avtomobilnie nomera - Sputnik O‘zbekiston
“Chiroyli” avtoraqamlar davlat budjetiga qancha daromad keltirgani ma’lum bo‘ldi

Endilikda “chiroyli” raqamlar kamida 5 ish kuni muddatga (ilgari 3 ish kuni) auksionga qo‘yiladi.

Bundan tashqari “chiroyli” raqamlarning boshlang‘ich narxlari va toifalari ham o‘zgardi.

Xususan, 002, 003, 004, 005, 006, 008, 009 raqamlar kombinatsiyasi 2 toifaga o‘tkazildi.

2 toifa raqamlarining boshlang‘ich narxi agar ular har xil kombinatsiyadagi harflar bilan bo‘lsa eng kam ish haqining 40 baravari (ilgari 70 baravar) etib belgilandi.

Ayrim raqamlar kombinatsiyasi (100, 200, 300, 400, 500, 600, 700, 800, 900) ro‘yxatdan chiqarildi.

Yangiliklar lentasi
0