O‘zbekiston ot sporti bo‘yicha eng yirik xalqaro musobaqada uchinchi o‘rinni oldi

© Equestrian Federation of UzbekistanUzbekistanes Saidamirxon Turgunbayev zavoyeval bronzovuyu medal Kubka mira po preodoleniyu prepatstviy FEI World Jumping Challenge
Uzbekistanes Saidamirxon Turgunbayev zavoyeval bronzovuyu medal Kubka mira  po preodoleniyu prepatstviy  FEI World Jumping Challenge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro musobaqa Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi "Allyur" ot-sporti klubida o‘tkazildi.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Ot sporti turi bo‘yicha “FEI World Jumping Challenge" xalqaro tanlovining final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

FEI World Jumping Challenge proxodit v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston FEI World Jumping Challenge finaliga mezbonlik qilmoqda

O‘zbekiston milliy ot sporti tarixida birinchi marotaba o‘tkazilayotgan musobaqa Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi "Allyur" ot-sporti klubida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Osiyo va MDH mamalakatlari orasida bunday keng ko‘lamli musobaqalarni tashkil qilish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, eng yaxshi otchoparlar tanlovini yuqori darajada tashkil qilishga erishdi.

Turli mamlakatlardan kelgan eng yaxshi 10 nafar sportchi musobaqa ajoyib va qiziqarli bo‘lishi uchun barcha mahoratlarini ko‘rsatishdi.

Ikki bosqichda bo‘lib o‘tgan musobaqa natijalariga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi. Birinchi o‘rinni isroillik chavandoz Sternbax Nadav o‘zining “Aragon” ismi oti bilan qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni argentinalik Richard Kiyerkigard “Ramiro” ismli oti bilan egalladi.

Bronza sovrini esa o‘zbekisonlik Saidamirxon Turg‘unboyev “Ambassador” ismli oti bilan qo‘lga kiritdi.

Yangiliklar lentasi
0