TOShKENT, 8 sen - Sputnik. O‘zbekiston 2018-yilning eng yirik sport musobaqasi - "To‘siqlarni yengib o‘tish bo‘yicha jahon kubogi "FEI World Jumping Challenge" finaliga mezbonlik qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekiston milliy ot sporti tarixida birinchi marotaba o‘tkazilayotgan musobaqa Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi "Allyur" ot-sporti klubida bo‘lib o‘tmoqda.
MDH mamlakatlari va Osiyo mintaqasida O‘zbekiston ot sportini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan global dastur tufayli o‘z hududida bu tadbirni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgani ta’kidlanmoqda.
Musobaqalarni o‘tkazish qoidalari juda oddiy. "Chaqiriq kubogi" bosqichma-bosqich FEI Xalqaro ot sporti federatsiyasi tomonidan belgilangan dunyodagi 10ta turli "sport zonalarida" o‘tkaziladi va turnirlarda jahon reytingining eng kuchli otchoparlari aniqlanadi.
"FEI World Jumping Challenge" finali - bu 10 jo‘g‘rofiy hududlardan kelgan 20 nafar eng yaxshi sportchilardir.
Joriy yil 17 davlatdan yig‘ilgan 20 nafar sportchilar orasida o‘tgan yilgi final yakunlarida yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi ham bor.
Ushbu musobaqalarda O‘zbekiston tomondan yosh sportchilar — Saidamir Turg‘unboyev va Abdushukur Sobirjonovlar qatnashmoqda.
Saidamir Turg‘unboyev Gongkongdagi 2017-yilgi Osiyo Chepionatining kumush medali sohibi, Abdushukur Sobirjonov Argentina poytaxti Buenos-Ayresda oktabr oyida o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun litsenziyani qo‘lga kiritgan sportchi.
O‘zbekistonlik sportchilar musobaqa davomida final bosqichiga yo‘llanma olishgan va eng yaxshi sportchilar o‘nligidan joy egallashgan.
Musobaqaning bosh sovrini sohibini aniqlaydigan yakunlovchi bosqich 9-sentabr kuni o‘tkaziladi.