Parijda Saudiya Arabistoni malikasiga tegishli bo‘lgan taqinchoqlar o‘g‘irlab ketildi

Obuna bo‘lish
Saudiyalik malika politsiyaga ariza yozgan. O‘g‘irlik holati bo‘yicha jinoyatchilikka qarshi kurash guruhi o‘z ish faoliyatini boshladi.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Parijda Ritz mehmonxonasida Saudiya Arabistoni malikasiga tegishli bo‘lgan taqinchoqlar o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda RIA Novosti France info radiostansiyasiga tayangan holda xabar qildi.

Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistonida diniy mavzuda hazillar uchun qamalish mumkin

Xabarda aytilishicha, yetkazilgan ziyon 800 ming yevro deb baholanmoqda. Jinoyatchilikka qarshi kurashish guruhi tergov ishini boshladi.

O‘g‘irlik juma, 7-sentabr kuni sodir bo‘ldi. Aytishlaricha, saudiyalik malika qimmatbaho buyumlarini otel xonasida joylashgan seyfda saqlamagan. Politsiya xodimlari ma’lumotlariga qaraganda, xona eshiklarida buzish izlari aniqlanmagan.

Saudiyalik malika politsiyaga ariza bilan murojaat qildi. O‘g‘irlik holati bo‘yicha jinoyatchilikka qarshi kurashish guruhi o‘z ish faoliyatini boshladi.

Yangiliklar lentasi
0