Saudiya Arabistonida diniy mavzuda hazillar uchun qamalish mumkin

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishVid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii
Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aybdor deb topilganlar 5-yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi, shuningdek 3 million rial jarima qo‘llaniladi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Saudiya Arabistonida diniy mavzuda hazil qilish 5-yilga ozodlikdan mahrum etish jazo berilishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti qirolik prokuraturasi bayonotiga asosan xabar qildi.

Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni Kanadadagi elchisini chaqirib oldi

“Jamoat tartibini buzish, diniy qadriyatlarni va axloq meyorlarini masxara qilishga qaratilgan kontentni yaratish va tarqatish kiber jinoyat deb qaraladi”, - deyilgan xabarda.

Aybdor deb topilganlar 5-yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi, shuningdek 3 million rial (800 ming dollar) jarima qo‘llaniladi.

2012 yilda “Saudiya Arabistoni liberal tarmog‘i” veb-saytini asoschisi Raif Badavi ruhoniylarni va qirollik diniy politsiya tanqid qilganligi uchun hibsga olingandi.

Bloger islom dinini haqorat qilganligi, kiber jinoyat sodir etish bo‘yicha ayb qo‘yildi. Hozirgi vaqtda Badavi 10-yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.

Yangiliklar lentasi
0