Polshada siyosatchi Sputnikka bergan intervyusi uchun lavozimdan bo‘shatildi

© Sputnik / Aleksey Vitvitsky / Mediabankka o‘tishFlag Polshi
Flag Polshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jurnalist bilan suhbatda u Rossiya prezidentidan "g‘oyatda ta’sirlanganini" va "uni qattiq hurmat qilishi" haqida gapirgan

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Polshalik senator, "Fuqarolik platformasi" partiyasi a’zosi Machey Grubskiy dushanba kuni Sputnik Polskaga bergan intervyusi tufayli fraksiyadan chiqish to‘g‘risida ariza yozadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Prezident Rossii Vladimir Putin na ispitaniyax istrebitelya T-50 - Sputnik O‘zbekiston
Yana bir kurashga shaylangan Putinning "g‘alaba"lari

Jurnalist bilan suhbatda u Rossiya prezidentidan "g‘oyatda ta’sirlangani" va uni "qattiq hurmat qilishi" haqida gapirgan.

Shuningdek, senator Putinni "juda aqlli rahbar va daho geosiyosatchi" deb atagan.

Grubskiyning so‘zlariga ko‘ra, u rossiyalik yetakchining dunyoning turli chekkalarida Rossiya manfaatlariga rioya qilishi singari uddaburroligidan ta’sirlangan.

Bundan tashqari, Grubskiy Ukrainaning Rossiya bilan mojarosida Polsha rasmiy Kiyevni qo‘llab-quvvatlashiga qarshi ekanini bildirgan.

Siyosatchining partiyadagi a’zoligini shu zahoti to‘xtatishgan, bu haqda partiya dissiplinasi uchun mas’ul bo‘lgan Lukash Abgarovich ma’lum qilgan. U Grubskiyning so‘zlari "Fuqarolik platformasi" qarashlariga mos kelmasligini ta’kidlab, uning fikrlarini "davlat manfaatlari uchun zararli", deb atagan.

Yangiliklar lentasi
0