Ot sporti va zotdor otlar yetishtirish bo‘yicha prezident qarori

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSkachki na priz prezidenta RF - 2017
Skachki na priz prezidenta RF - 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi bundan buyon zotdor otlarnin yetishtirish bilan ham shug‘ullanadi. Buning uchun federatsiya ixtiyorida maxsus fond tashkil qilinadi. Shunday qilib, zotdor, sport va xizmat otlarini yetishtirish va seleksiya qilish bilin yagona tizim shug‘ullanadi.

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. 15 iyunda qabul qilingan 3057-sonli prezident qaroriga binoan O‘zbekistonda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim ishlar amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmanboshi Mirziyoyevga "jannat" tulporini sovg‘a qildi

Ushbu maqsadda Qashqadaryo viloyatida, "O‘zbekneftegaz" milliy kompaniyasi yordamida Qorabayir zotli otlarini yetishtirish va seleksiya qilish majmuasi yaratiladi.

Toshkent hokimiyati esa, birdaniga ikkita majmua — Axalteke zotli otlari yetishtirish bo‘yicha "O‘zbegim otlari" va sport otlari yetishtirish bo‘yicha "O‘zbek sport otlari" majmualari qurishni o‘z zimmasiga oldi.

Zotli otlar seleksiyasi bilan bir qatorda Toshkent Otchopari ham qayta ta’mirlanib Xalqaro ot sporti federatsiyasi talablariga javob beradigan darajada jihozlanadi.

Xususan, ippodromda otlarni karantinda saqlash va veterinariya markazi paydo bo‘ladi. Shuningdek, bu yerda ot sporti bo‘yicha Respublika trener va sudyalar markazi, veterinar va taqachilar maktablari paydo bo‘ladi.

Yana bir katta yangilik, bu O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi bundan buyon zotdor otlarnin yetishtirish bilan ham shug‘ullanadi. Buning uchun federatsiya ixtiyorida maxsus fond tashkil qilinadi. Shunday qilib, zotdor, sport va xizmat otlarini yetishtirish va seleksiya qilish bilin yagona tizim shug‘ullanadi. Ot sporti federatsiyasi va yilqichilik fondi barcha soliqlardan ozod qilindi.

Yuqorida aytilgan ishlardan tashqari, O‘zbekistonda umumiy hisobda yilqichilik va zotdor otlar yetishtiruvchi xo‘jaliklar faoliyatiga yordam beriladi. Ushbu maqsadga erishish uchun Mirziyoyev maxsus tashkil qilingan ishchi guruhga 2021-yilga qadar mo‘ljallangan O‘zbekistonda zotdor otlar yetishtirish va ot sportini rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar ishlab chiqishni topshirdi.

Yangiliklar lentasi
0