TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Qozog‘istonning Chapayevo poselkasida politsiya serjanti o‘z komandirini tuman ichki ishlar bo‘limi hovlisida tabel quroldan otib qo‘ydi, deb xabar qildi "Mening shahrim" reginal portali. RIA Novosti xabari asosida.
Nashr xabariga ko‘ra, baxtsiz hodisa payshanba kuni kunning ikkinchi yarmida ro‘y bergan.
"Akjaik tumani Chapayevo poselkasida ichki ishlar bo‘limi hududida 1994-yilda tug‘ilgan politsiya serjanti .... 1986-yilda tug‘ilgan vzvod komandiriga qarata tabel quroldan o‘y uzgan. Komandir olingan jarohatdan vafot etgan", - deb xabar qilgan portalga mahalliy politsiya matbuot-xizmati.
Ushbu holat yuzasidan "qotillik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.